Genital jarrohlik
Jinsiy a’zolardagi kasallik va buzilishlarni yuqori aniqlikda davolash.
Gipospadiya
Har qanday murakkablikdagi, jumladan muvaffaqiyatsiz operatsiyalardan keyingi holatlarda ham siydik yo‘li va jinsiy olat plastikasi uchun zamonaviy va ishonchli usullar qo‘llaniladi.
Siydik pufagi ekstrofiyasi
Mutaxassislar jamoasining multidisiplinar yondashuvi. Ushbu nuqsonni to‘liq tuzatish hamda qov simfizi suyaklari bilan bog‘liq muammolarni hal etish.
Epispadiya
Uretroplastika bilan jinsiy olatni rekonstruksiya qilish.
Yashirin jinsiy olat
Yashirin jinsiy olatni jarrohlik yo'li bilan tuzatish — normal anatomiyani tiklash, olatni fiksatsiya qilish va ko'rinishini yaxshilash.
Difaliya
Jinsiy olatning ikki barobar bo‘lishini jarrohlik yo‘li bilan tuzatish.
Afaliya
Falloplastika (bemorning o‘z to‘qimalaridan sun’iy jinsiy olat yaratish).
Jinsiy olatning yatrogen shikastlanishlari
Jinsiy olatning barcha turdagi shikastlanishlarini tuzatish.
Kriptorxizm
Moyak tushmaganida laparoskopik operatsiya va mini-kesim orqali orxiopeksiya.
Gidrotsele
Gidrotseleni jarrohlik yo'li bilan davolash — moyak pardalari istisqosini bartaraf etish va qaytalanishning oldini olish.
Maslahatga yozilish
Agar batafsil maslahat olishni istasangiz, siz uchun qulay bo‘lgan istalgan usulda men bilan bog‘laning.