O‘g‘il bolalarda kriptorxizm: ota-onalar nimalarni bilishi kerak?

· Ko'rishlar: 24
O‘g‘il bolalarda kriptorxizm: ota-onalar nimalarni bilishi kerak?

Kriptorxizm — tug‘ilish paytida bir yoki ikkala moyakning yorg‘oqqa tushmasligi holatidir. Bu o‘g‘il bolalarda eng ko‘p uchraydigan tug‘ma holatlardan biri bo‘lib, o‘z vaqtida murojaat qilinsa, to‘liq va muvaffaqiyatli davolanadi.

Nega moyak yorg‘oqda bo‘lishi muhim? Yorg‘oqdagi harorat tana haroratidan 1,5–2 °C past bo‘ladi. Bu me’yoriy harorat kelajakda moyak to‘qimalarining to‘g‘ri rivojlanishi, gormonlar ishlab chiqarilishi va bepushtlik xavfining oldini olish uchun zarur.

​Kuzatuv davri (6 oygacha): Hayotning dastlabki 6 oyligida moyak o‘z-o‘zidan yorg‘oqqa tushish ehtimoli mavjud.

​Davolash muddati (6 oydan 12–18 oygacha): Agar 6 oylikda moyak tushmagan bo‘lsa, rejaviy jarrohlik amaliyoti (orxopeksiya) tavsiya etiladi. Jarrohlikni 1 yoshdan kechiktirmaslik to‘qimalarning sog‘lom saqlanishini ta’minlaydi.

​Soxta kriptorxizm: Ba’zan moyak sovuqda yoki tekshiruv vaqtida yuqoriga ko‘tarilib, iliq muhitda yana joyiga tushadi («harakatchan moyak»). Bunday holat odatda operatsiyani emas, faqat shifokor nazoratini talab qiladi.

Teglar: ​крипторхизм неопущение яичка орхипексия детская урология детская хирургия блуждающее яичко